Evropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen og‘ir pnevmoniya bilan kasallangan, natijada u yanvar oyining dastlabki ikki haftasida o‘z vazifalarini bajarmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi vakili Stefan de Keersmaker ma’lum qildi.
Shu tariqa, Yevrokomissiya rahbari 3 yanvar kuni Polshaning Yevropa Ittifoqiga raisligi boshlanishi marosimida Varshavada bo‘lmaydi.
Shuningdek, Ursula fon der Lyayenning betobligi tufayli dastlab 9-10 yanvar kunlari Gdanskda rejalashtirilgan Yevrokomissiya yig‘ilishi keyinroq o‘tkazilishi xabar qilingan.