Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa ittifoqida 43 foiz bola nikohsiz tug‘ilgan

Evropa ittifoqida 43 foiz bola nikohsiz tug‘ilgan

Evropa ittifoqida 2016 yil uchun olib borilgan hisob-kitoblarga qaraganda, mazkur sanada tug‘ilgan chaqaloqlarning 43 foizi nikohsiz dunyoga kelgani ma’lum bo‘lgan.

EI statistika qo‘mitasi (Eurostat) tomonidan tarqatilgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, g‘arb davlatlarida nikohsiz tug‘ilishlar 2000 yildagiga nisbatan 15 foizga ortgan.

Bu jarayon ayniqsa, Fransiya (60 foiz), Bolgariya (59 foiz), Sloveniya (59 foiz),  Estoniya (56 foiz), Shvesiya (55 foiz), Daniya (54 foiz), Portugaliya (53 foiz) va Gollandiya (50 foiz) kabi davlatlarda qayd etilgan.  Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda mazkur davlatlarda nikoh bilan tug‘ilgan bolalarga nisbatan nikohsiz tug‘ilgan go‘daklar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Ammo nikohsiz tug‘ilishlar Gresiya, Xorvatiya va Janubiy Kiprda nisbatan kamaygan. Bu davlatlarda sakson foiz bolalar nikohli oilalarda tug‘ilgani qayd etilgan.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 23:20 10.08.2018. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!