Evropa Ittifoqi Kengashi Yevropani qayta qurollantirish uchun 150 milliard yevrolik fond yaratishni yakuniy tarzda ma’qulladi, deb xabar bermoqda Euroactiv.
Nashrning yozishicha, “Evropa xavfsizligi uchun harakatlar” dasturi Yevropaning xorijiy davlatlarda, ayniqsa AQShda ishlab chiqariladigan harbiy jihozlarga bog‘liqligini kamaytirishga qaratilgan.
Ushbu mexanizm Yevroittifoqning barcha 27 davlati, shuningdek, Ukraina va Norvegiya uchun qurol-yarog‘ xarid qilish bo‘yicha kredit tizimini taqdim etadi.