Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Vuchichni Moskvada emas, Kiyevda kutmoqda

Evropa Ittifoqi Vuchichni Moskvada emas, Kiyevda kutmoqda

Evrokomissiya Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning 9 may tadbirlariga Moskvaga bormasligiga umid qilmoqda, ammo Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoni bu tadbirlarda qatnashgani uchun jazolay olmaydi.

Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida EK vakili Anita Xipper ma’lum qildi.

"Serbiya Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan, bu esa uning Yevropa Ittifoqining qadriyatlari va tashqi siyosat yo‘nalishini qabul qilishi kerakligini anglatadi. Biz Belgrad EI siyosatiga amal qilishini kutmoqdamiz," - dedi Xipper Vuchichning G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tashrifini sharhlayotib.

Fitsoning tashrifiga kelsak, Yevrokomissiya vakili EKning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va hukumat rahbarlarini jazolash vakolatiga ega emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:31 16.04.2025. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!