Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda yig‘iladi

A A A
Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda yig‘iladi

Dushanba kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel raisligida Yevropa Ittifoqining 27 davlati tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Evropa diplomatlari xalqaro vaziyatning dolzarb masalalarini, jumladan, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya va Kosovo tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgga taklif qilindi, ular bilan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari G‘arbiy Bolqondagi vaziyatni muhokama qiladi.

Vazirlar alohida Gruziya bo‘yicha fikr almashadilar va mamlakatdagi so‘nggi voqealarni muhokama qilishadi.

Kiritildi: 21:10 24.06.2024. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!