Evropa mudofaa komissari Andryus Kubilyus Rossiyani Yevropa uchun kuchli raqib deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Rossiyaning kutilmaganda parchalanib ketishi yoki iqtisodiyoti zarur mahsulotlarni ishlab chiqara olmay qolishi haqidagi umidlardan voz kechishi kerak.
Kubilyus Rossiya ishlab chiqarish hajmini oshirish va harbiy sanoatini modernizasiya qilish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Ukraina ham ishlab chiqarish salohiyatini shu darajaga yetkazishi zarur.
Komissarning qayd etishicha, Rossiyaning imkoniyatlarini hisobga olgan holda Yevropa xavfsizlik va mudofaa masalalariga jiddiy yondashishi kerak.