Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi: Italiya befoyda sarf-xarajatlarni qisqartirishi kerak

Evropa Ittifoqi: Italiya befoyda sarf-xarajatlarni qisqartirishi kerak
Evropaning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha komissari Pyer Moskovisi Yevrokomissiya yig‘ilishida “Italiya behuda sarf-xarajatlarni qisqartirishi, investisiyalarni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun sarflashi kerak”, degan fikrni bildirgan. Bu haqda "Euronews" xabar bermoqda.
 
“Mamlakatdagi qarzdorlik holatida behuda sarf-xarajatlarni amalga oshirish noto‘g‘ri, albatta. Agar mamlakat shu yo‘lda davom etsa, qarzdorlik yanada oshib boradi”, deb ta’kidlagan komissar.
 
Moskovisi o‘z nutqi davomida Italiya moliya vaziri bilan hamkorlikda ushbu holatni bartaraf etish maqsadida o‘zi “ijobiy iqlim” deb atagan harakatni boshlaganini aytib o‘tgan.
Manba: uza.uz
Kiritildi: 16:19 13.09.2018. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!