Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Armaniston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishni e’lon qildi

Evropa Ittifoqi Armaniston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishni e’lon qildi

Evropa Ittifoqi va Armaniston ikki tomonlama hamkorlikni ambisiyali kengaytirish ustida ish boshlashga qaror qildi. Bu haqda Yevropa tashqi ishlar vaziri Josep Borrel YEI-Armaniston hamkorlik kengashining beshinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Borrelning qo‘shimcha qilishicha, YEI yaqin kelajakda Armaniston bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish niyatida. Bundan tashqari, diplomatning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Ozarbayjon armiyasining harbiy amaliyotidan so‘ng o‘z uylarini tashlab ketgan Qorabog‘ armanlarini qo‘llab-quvvatlash.

«Biz Tog‘li Qorabog‘dan ko‘chirilgan armanlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz o‘rta va uzoq muddatda Armanistonni qo‘llab-quvvatlashni, qochqinlarning jamiyat va iqtisodiyotga integrasiyalashuvini davom ettiramiz», — dedi Borrel.

Kiritildi: 23:37 13.02.2024. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!