Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Evropa Eronga sanksiyalar tiklanishi bilan tahdid qilmoqda

Evropa Eronga sanksiyalar tiklanishi bilan tahdid qilmoqda

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barroning ta’kidlashicha, agar Eron yadroviy faoliyati yuzasidan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortsa, Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatlari — YEI3 (Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya) joriy yozda Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashi mumkin.

Barro "Le Monde" nashriga bergan intervyusida shunday dedi:

«Agar Tehron o‘z yadroviy dasturi bo‘yicha xavfsizlik manfaatlarimizni kafolatlaydigan qat’iy va uzoq muddatli asosda muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortsa, yozda ushbu mexanizmni faollashtiramiz».

Ushbu bayonot Eronning yaqinda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikni cheklashi va yadroviy faoliyatini kuchaytirishi ortidan yangradi.

Kiritildi: 19:34 02.07.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!