Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Evropa endi Rossiya gazidan voz kecha olmaydi — Gresiya

Evropa endi Rossiya gazidan voz kecha olmaydi — Gresiya

Gresiya bosh vaziri Kiriakos Misotakisning aytishicha, Yevropa endi Rossiya gazidan voz kecha olmaydi. Bu haqda u «Vima tis kiriakis» gazetasiga ma’lum qildi.

“Birinchidan, biz Rossiya tabiiy gazidan bosqichma-bosqich voz kechish haqida gapiryapmiz va Yevropa gazni sanksiyalardan chetda ushlab turgani bejiz emas. Biz Yevropada bizga Rossiyadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradigan sanksiyalarni qo‘llash imkoniyatiga ega emasligimizni juda yaxshi bilamiz va Gresiya bu pozisiyada turibdi”, dedi u.

Unga ko‘ra, Gresiya Rossiya quvuri gazini suyultirilgan gazga almashtirishni rejalashtirmoqda. Revitusdagi suyultirilgan gaz terminali quvvatini oshirish va Aleksandrupolisda yangi suyultirilgan gaz quvurini qayta gazlashtirish terminali qurilishi rejalarga kiritilgan.

Kiritildi: 23:46 08.05.2022. O'qildi: 9130 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!