Yevropa davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning tarif siyosati tufayli qiyin ahvolda.
Bu haqda Bloomberg yozadi.
"Amerikaning yangi "Oltin davri"ni boshlashga bag‘ishlangan Trampning ikkinchi muddati, ehtimol, G‘arbning tanazzulida hal qiluvchi lahza bo‘ladi. Yevropada AQSh yetakchiligisiz qayta tashkil etishning imkoni yo‘q", - deyiladi maqolada.
Maqolada, asosan, o‘zining loqaydligi tufayli Yevropa Qo‘shma Shtatlarga Qo‘shma Shtatlardan ko‘ra ko‘proq muhtojligi ta’kidlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi (YI) siyosiy jihatdan zaif, uning a’zolari deyarli har bir masala, jumladan, Tramp bilan qanday munosabatda bo‘lish borasida ikkiga bo‘lingan.
Bundan tashqari, Yevropa yetakchilari o‘z mudofaasini qanday mustahkamlash, xarajatlarni qanday taqsimlash, Xitoy bilan qanday munosabatda bo‘lish va hokazolarni hal qila olmaydi.