Evropa Ittifoqi AQSh bilan savdo to‘siqlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo yangi Amerika bojlari joriy etilgan taqdirda qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligini bildirmoqda.
Bu haqda CNBC Yevropa Komissiyasining ichki hujjatiga asoslanib xabar berdi.
Evropa Ittifoqining savdo bo‘yicha vakili Olof Gillning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi ikkala tomon iqtisodiyotiga zarar yetkazadigan tarif urushlarini boshlashdan ko‘ra, kelishuvga erishishni ma’qul ko‘radi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, agar muzokaralar natijasiz yakunlansa, "barcha variantlar ko‘rib chiqilishi mumkin".
Bryussel va Vashington o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzusi Donald Tramp tomonidan ilgari joriy etilgan bojlar, jumladan po‘lat, alyuminiy va avtomobillarga qo‘yilgan 25 foizlik tariflardir.
Tramp 2 aprel kuni 185 mamlakat va hududdan keltirilayotgan tovarlarga bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qildi. 9 aprelda esa u muzokaralarga tayyorligini bildirgan 75 davlatga nisbatan bojlar oshirilishini 90 kunga to‘xtatib qo‘yayotganini ma’lum qildi. Bu davlatlar uchun 10 foizlik import tariflari amal qiladi.