Evrokomissiya (EK) iyun oyida Ukrainaga 90 milliard yevrolik moliyalashtirish dasturi doirasida 9,1 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya vakili Balash Uyvari ma’lum qildi.
«Evrokomissiya iyun oyi yakuniga qadar, ya’ni ikkinchi chorak davomida 9 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi. Ushbu mablag‘ning 5,9 milliard yevrosi harbiy ehtiyojlarga, 3,2 milliard yevrosi esa Ukraina byudjetini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan makromoliyaviy yordamga sarflanadi», — deya tushuntirish berdi Uyvari.
U shuningdek, harbiy yordamning ilk transhi Ukraina uchun dronlar sotib olishga ishlatilishini va Yevrokomissiya keyingi transhlar doirasida qurol-yarog‘ xarid qilish dasturlarini ishlab chiqayotganini ta’kidladi.