Evroittifoq davlatlari TIV rahbarlari kengashi Venesuela hududida yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirdi, ular xalqaro standartlarga javob berishi lozim. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda, deydi "kun.uz".
Ta’kidlanishicha, YEI o‘rnatilgan jarayonlarga muvofiq aniq cheklov choralarini tezlik bilan joriy etishi kerak, ular mamlakat rasmiylariga ta’sir ko‘rsatadi, biroq Venesuela xalqiga zarar yetkazmaydi.
«Evroittifoq xalqaro tan olingan demokratik standartlar va Venesuela konstitusion tartiblariga muvofiq holda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqiradi», - deyiladi bayonotda.