Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Evroittifoq Turkiyada Yevrokomissiya rahbariga kursi yetishmay qolishi bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi

Evroittifoq Turkiyada Yevrokomissiya rahbariga kursi yetishmay qolishi bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi

Evropa Konvensiyasi protokoli Yevropa Kengashi va Yevrokomissiya rahbarlariga teng munosabatda bo‘lishni talab qiladi, deb ta’kidladi Yevrokonvensiya vakili Erik Mamer, Anqarada Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen uchun o‘rindiq yetmay qolganiga munosabat bildirib. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

Tashrif odatiy kanallar yordamida va Yevroittifoqning Anqaradagi delegasiyasi ishtirokida tashkil etildi. Koronavirus pandemiyasi sababli bu safar Yevropa Konvensiyasi dalolatnomasi departamenti uchrashuvda qatnashmadi.

«Evrokomissiya prezidenti bu holatdan hayratga tushdi, buni videoda ham ko‘rish mumkin. Lekin hayratlanganiga qaramay, u e’tiborini dalolatnomalarga emas, rasmiy masalalarga qaratdi», — dedi Mamer.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevrokomissiya rahbari jamoasi vaziyatga izoh talab qilib uchrashuvni tashkillashtirgan Turkiya tomoniga murojaat qildi. Yevropa Komissiyasi rahbari uchun dalolatnoma Yevropa Kengashi raisiniki bilan bir xil, deb ta’kidladi Yevropa Konvensiyasi vakili.

«Evrokomissiya rahbari, dalolatnomada talab qilinganidek, o‘z tashkilotiga loyiq munosabat ko‘rsatilishini kutmoqda», — deb xulosa qilidi Mamer.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Anqara shahrida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan bo‘lgan uchrashuvda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenga kursi etmay qoldi. Tasvirda siyosatchilarning o‘z o‘rinlarini egallagani, fon der Lyayen esa ularning ortidan kirib bo‘sh o‘rindiq topa olmaganini ko‘rish mumkin. Lekin vaziyat darhol bartaraf etildi, Yevrokomissiya raisi xonada turgan divandan joy egalladi.

Avvalroq Turkiya ayollar huquqini himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqqan edi. 10 yil davomida konvensiyani 47 tadan 18 ta a’zo davlatlar tasdiqlagan. Turkiya konvensiyani tark etishga qaror qilgan bo‘lsag‘da, ayollar huquqi uchun kurashda davom etishiga va’da bermoqda.

Kiritildi: 13:51 08.04.2021. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!