Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evro-2024. Portugaliya Turkiyani yirik hisobda yengib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi

Evro-2024. Portugaliya Turkiyani yirik hisobda yengib, 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi

Evropa chempionati 2-turida, F guruhining markaziy o‘yinida Portugaliya Turkiya bilan to‘qnash kelib, javobsiz 3 ta gol urdi.

Birinchi bo‘limda Silva hisobni ochdi, so‘ng Akaydin va Bayindir o‘rtasidagi tushunmovchilik avtogol bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda esa Ronalduning uzatmasini Fernandesh golga aylantirdi.

Evrolar tarixidagi eng yaxshi to‘purar (14) bo‘lgan Ronaldu eng yaxshi assistentga (7) ham aylandi.

Shu tariqa Portugaliya (6) Germaniya va Ispaniya ortidan 1/8 finalga yo‘llanma olgan uchinchi jamoa bo‘ldi. Turkiya (3) esa so‘nggi turda Chexiya (1) bilan bahsda 2-o‘rinni saqlab qolishga harakat qiladi.

Evro-2024. F guruhi. 2-tur

Turkiya — Portugaliya 0:3

22 iyun, «Signal Iduna Park»

Gollar: Silva (21), Akaydin (28, avtogol), Fernandesh (56).

Kiritildi: 23:22 22.06.2024. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!