Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Evro-2024 Germaniyaga 1 milliard dollar foyda olib kelishi mumkin

Evro-2024 Germaniyaga 1 milliard dollar foyda olib kelishi mumkin

2024-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniya g‘aznasiga 1 milliard dollar tushishi mumkin. Bu haqida Reuters'ga tayanib UzReport agentligi yozmoqda. Manbaga ko‘ra, bunday daromad sayyohlar oqimi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ochilish o‘yinida “A” guruhi ishtirokchilari – Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Yevro-2024 ning ochilish o‘yini 14-iyun kuni Myunxendagi Allianz Arenada bo‘lib o‘tdi.

Evro-2024ning final qismi Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir o‘yinlariga 10 ta shahardagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Qit’a chempionati roppa-rosa bir oy – 14-iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi - Londondagi "UYEmbli" stadionida Yevro-2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan Italiya terma jamoasi. O‘sha final taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘lgan edi.

Kiritildi: 11:53 15.06.2024. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!