Evro-2024 nimchorakfinali doirasidagi uchinchi kungi bahsda Fransiya Belgiyaga qarshi saf tortdi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida Kolo-Muanining zarbasidan keyin to‘p Vertongendan o‘z darvozasiga yo‘l oldi – 1:0. Bu turnirdagi 9-avtogol bo‘ldi.
Shu tariqa, Fransiya Belgiyani minimal hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi. Fransiya bu bosqichda 6 iyul kuni Portugaliya – Sloveniya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Evro-2024. 1/8 final
Fransiya – Belgiya 1:0