Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eski yo‘talga davo

Eski yo‘talga davo

Gripp va shamollashga qarshi kurashishda ko‘pchilik sarimsoqdan foydalanadi. Sababi, unda allisin birikmasi bo‘lib, antibakterial va zamburug‘larga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

«Tib qonunlari» kitobida keltirilishicha, sarimsoqni qaynatilgani va qovurilgani tish og‘rig‘ini bosadi. Ovozni va tomoqni tozalaydi. Eski yo‘tallarga va sovuqdan bo‘lgan ko‘krak og‘riqlariga foyda qiladi.

Soch to‘kilishidan aziyat chekayotganlarga ham sarimsoqdan malham tayyorlash yoki  uch oy davomida sarimsoqli shampun bilan yuvish tavsiya etiladi.

Sarimsoq jinsiy quvvatni oshiradi. Ya’ni, erkak qonidagi testosteron gormonini oshirishga xizmat qiladi.

Uning yana bir xususiyati gijjani chiqarishdir. Ayniqsa, bolalar uchun juda foydali.

Bir piyola sutga bir choyqoshiq maydalangan sarimsoq solib qaynatiladi. Va nahorga uch kun ichiladi. Buni bir necha bor takrorlash mumkin.

Kiritildi: 23:00 14.10.2019. O'qildi: 3253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!