Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ertaga Yashnobod tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Yashnobod tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 16 oktyabr kuni “Hududgaz Poytaxt” GTF "Yashnobodtumangaz" ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi "Olot" hamda "Do‘stobod" MFY "Parken 5-tor" ko‘chasidagi past bosimli yer usti gaz quvurlarida ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi

Shu munosabat bilan Yashnobod tumani, "Olot" ko‘chasi 62 ta va "Do‘stobod" MFYdagi 40 ta yerli aholi xonadonlari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik to‘xtatiladi.        

Ta’mirlash ishlaridan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Kiritildi: 18:55 15.10.2020. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!