Ertaga, 1 avgust kuni Toshkent shahrida bir nechta ko‘chalar yopiladi.
Ma’lumki, 1 avgust kuni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixonlari boshlanadi. Aynan shu munosabat bilan bir qator ko‘chalar soat 6:00dan soat 16:00ga qadar yopiladi.
Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati bilan quyida tanishing:
Ko‘rgazma ko‘chasi Kichik halqa yo‘lidan Kor Xoji ota ko‘chasigacha;
Iftixor ko‘chasi Amir Temur ko‘chasidan Usta Shirin ko‘chasigacha;
Usta Shirin ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha;
Akmal Po‘lat ko‘chasi Iftixor ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha.
Manba: qalampir. com