Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ertaga Toqayev Mirziyoyevning taklifiga binoan Xivaga keladi

Ertaga Toqayev Mirziyoyevning taklifiga binoan Xivaga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Qadimgi Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperasiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

Kiritildi: 19:05 04.04.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!