Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Ertaga Olmaotada MDH TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

A A A
Ertaga Olmaotada MDH TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Juma kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi hamda Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar tarqatdi.

Yiliga ikki marta o‘tkaziladigan MDHning mazkur tadbiri oxirgi marta o‘tgan yil Moskvada bo‘lib o‘tgan.

Rossiya TIV navbatdagi anjumanda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan 2025 yil Hamdo‘stlik formatidagi integrasiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinishini bildirgan. Tomonlar chegara xavfsizligini mustahkamlash masalasini ham ko‘rib chiqishi kutilyapti.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilish ishtirokchilari Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, ayni yo‘nalishdagi madaniy-gumanitar hamkorlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratadilar.

Kiritildi: 16:33 10.04.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!