Eronning yangi Oliy Rahbarini saylash vaqti hali belgilanmagan.
Bu haqda Ekspertlar Kengashi a’zosi Mojtaba Husayniy agentlikka bergan intervyusida shunday dedi.
"Bu masala mavjud vaziyatni har tomonlama o‘rganishni va zarur maslahatlashuvlarni talab qiladi, bunga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etadi", deb ta’kidladi u.
Ekspertlar Kengashi a’zosi shuningdek, yuqori rahbariyat tuzilmasi tez orada shakllantirilishiga va mamlakat rahbarini saylash bo‘yicha yakuniy qaror e’lon qilinishiga umid bildirdi.
Shuni ta’kidlash joizki, Eron Oliy Rahbari Oyatulloh Ali Xomeney 2026 yil 28 fevralda Isroilning o‘z qarorgohiga uyushtirgan havo hujumi natijasida o‘ldirilgan.