Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"Eronning Isroilga hujumini ko‘pchilik “spektakl” deb qabul qilibdi" - Kamoliddin Rabbimov

"Eronning Isroilga hujumini ko‘pchilik “spektakl” deb qabul qilibdi" - Kamoliddin Rabbimov

Eronning Isroilga hujumini ko‘pchilik “spektakl” deb qabul qilibdi. Katta, to‘laqonli va qaqshatqich xujum bilan qo‘rqitish kampaniyasi o‘rtasida, katta masofa bor va bu spektakl emas.
*
Eronning maqsadi – Isroilga katta talofat yetkazish emas edi. Maqsad – jiddiyroq javob qaytarish va “urushdan qo‘rqmayman, urushga tayyorman, kerak bo‘lsa, o‘zingni qo‘rqitaman” deyish edi va dedi. Eron o‘z reputasiyasini himoya qilish uchun jiddiy ish qildi. Bu hujum, lekin qaqshatqich emas, insoniy talofatlar yo‘q.
*
Lekin, Eronda raketalar va dronlar ko‘p va agar istasa, katta va jiddiy talofat yetkaza oladi. Endi “to‘p” Isroilning maydonida. Isroil ham bir tomondan qo‘rqmasligini ko‘rsatish kerak, ikkinchi tomondan katta urushga u ham tayyor emas. Ikki tomon ham bir-birini qo‘rqitishni istaydi, lekin real urush qilib, yaralanishni yoki yiqilishni istamaydi, deb yozmoqda siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov o‘z sahifasida.

Kiritildi: 15:55 14.04.2024. O'qildi: 3584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!