Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani Tehronning Hormuz bo‘g‘ozini yopish niyatida emasligini aytdi.
Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani ma’lum qildi.
"Biz Hormuz bo‘g‘ozini yopish niyatida emasmiz. Eron Hormuz bo‘g‘ozida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ajralmas huquqqa ega va bu bizning mas’uliyatimiz", dedi u.