Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Eronliklar Trampga hujum qilmoqda

Eronliklar Trampga hujum qilmoqda

AQSh Oliy sud hay’ati bir necha eronlikni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning saylovoldi shtabiga hakerlik hujumi uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda Politico gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, 26 sentyabr kuni bir necha kishiga nisbatan ayblov e’lon qilingan, ularning ism-shariflari va ayblovlari ochiqlanmagan.

18 sentyabr kuni Milliy razvedka, Federal qidiruv byurosi va Infratuzilma va kiberxavfsizlik agentligi direktori idorasi eronlik xakerlar go‘yoki Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampning saylovoldi shtab-kvartirasidan ichki hujjatlarni o‘g‘irlab, ommaviy axborot vositalari va Baydenga aloqador shaxslarga yuborganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!