Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali olib chiqiladi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali olib chiqiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatimizga qaytayotgan fuqarolarimizga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Fuqarolarimizni «Saraxs» Turkmaniston–Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun Elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.

O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa ma’lumotlari:

+993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov

+993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev

+993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul).

Kiritildi: Bugun 20:20. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!