Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Erondagi namoyishlar fonida internet to‘liq o‘chirildi

Erondagi namoyishlar fonida internet to‘liq o‘chirildi

Axborot agentligi bu haqda tarmoq holatini kuzatuvchi NetBlocks xizmati ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Eronda internetning bloklanishi hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etayotgan bir vaqtda sodir bo‘ldi. Eron hukumati internet o‘chirilishi sabablari bo‘yicha rasmiy izoh berilmagan.

Reuters manbalariga ko‘ra, Tehron, Mashhad va Isfahon kabi yirik shaharlarda namoyishchilar yana ko‘chalarga chiqqan va mamlakatning diniy yetakchilariga qarshi shiorlarni aytishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaharlarda namoyishchilar 1979 yilgi Islom inqilobi chog‘ida ag‘darilgan Eronning so‘nggi shohini o‘g‘li Rizo Pahlaviyni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Bundan bir kun avval Pahlaviy X tarmog‘i orqali qilgan video murojaatida eronliklarni “Oyatullohlar rejimi”ga qarshi yangi norozilik aksiyalariga chaqirgan edi. Biroq Eron davlat ommaviy axborot vositalari shaharlardagi vaziyat tinch ekanini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 16:51 09.01.2026. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!