Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Eronda Trampning kallasi uchun uch million dollar taklif qilindi

Eronda Trampning kallasi uchun uch million dollar taklif qilindi

Eronlik deputat Ahmad Hamza AQSh prezidenti Donald Tramp boshi uchun uch million dollar to‘lashni taklif qildi. Bu haqda ISNA xabar qilmoqda.

“Kirmon viloyati aholisi nomidan Trampni o‘ldirib, uning boshini bizga olib keladigan kishiga uch million dollar naqd pul to‘laymiz”, -  dedi u parlamentda so‘zlagan nutqida.

Kirmon viloyati - amerikaliklar tomonidan o‘ldirilgan Eron generali Qosim Sulaymoniyning tug‘ilgan joyi.

So‘nggi haftalarda Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Vashington Tehronni ayblagan Iroqdagi AQSh elchixonasi oldida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishidan so‘ng, AQSh harbiylari Sulaymoniyni Iroqda bo‘lgan paytida o‘ldirgan.

Eron Iroqdagi Amerika bazalariga hujumlar bilan javob berdi, zarbalarda hech kim jabrlanmadi. Ammo keyinchalik Eron harbiylari tasodifan Tehrondan Kiyevga uchib ketayotgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotini urib tushirdi. Samolyot bortidagi barcha 176 kishi halok bo‘ldi.

Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Eron harbiy ob’ekti yaqinida uchib ketayotgan bo‘lgan va “dushman nishoni”, xususan, qanotli raketasi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga, Eron AQSh tomonidan hujumlarni kutayotgan bo‘lganlarini, shu sababli mamlakatning havo mudofaasi tizimlari to‘liq shay holatida bo‘lganini ta’kidladi.

 

Kiritildi: 19:36 21.01.2020. O'qildi: 2840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!