Eronda Nobel mukofoti sovrindori Nargiz Muhammadiy yetti yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi — The Guardian.
Hukm 7 fevral kuni Mashhad shahri sudi tomonidan chiqarilgan.
Uni advokatining aytishicha, huquq himoyachisi noqonuniy yig‘ilishlar va fitnada ishtirok etishda ayblanib yilga, hukumatga qarshi targ‘ibotda ayblanib, bir yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda unga ikki yilga mamlakatdan chiqish taqiqlangan.
Muhammadiy, shuningdek, Tehrondan taxminan 740 kilometr janubi-sharqda joylashgan Xosf shahriga yana ikki yilga ichki surgunga hukm qilindi.
Tarafdorlarning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyida norozilik namoyishi chog‘ida hibsga olingan Muhammadiy 2 fevraldan buyon ochlik e’lon qilgan.
Eronda inson huquqlari himoyasi yo‘lida faoliyat olib borish davomida Muhammadiy 13 marta hibsga olingan va besh marta qamoq jazosiga hukm qilingan.