Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eronda 4 nafar mahkum qatl etildi

Eronda 4 nafar mahkum qatl etildi

Eronning Karaj shahrida to‘rt nafar mahkum o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Bu haqda Eron inson huquqlari tashkiloti ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ular «giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi» va «qasddan odam o‘ldirish» moddalari bo‘yicha sudlangan.

Qotillikda ayblangan Peyman Aziziy o‘smir ekanligi ma’lum qilingan. Qayd etilishicha, u voyaga yetmagan jinoyatchi sifatida qatl etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl etilganlardan biri ayol. Bu 2024 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan beshinchi ayoldir. 2023 yilda Eronda 22 nafar ayol qatl etilgan. 2010 yildan beri mamlakat bo‘ylab 215 nafar ayol o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Qayd etilishicha, 2013 yildan 2023 yilgacha Eronda 4829 kishi qatl etilgan, ulardan 40 nafari bolalardir.

Eslatib o‘tamiz, Eronda so‘nggi o‘lim hukmi shu yilning 23 aprel kuni reper Tomay Solixiyga nisbatan chiqarilgan edi. U 2022 yilda Eronda o‘tkazilgan norozilik namoyishlarining faol ishtirokchilaridan biri.

Kiritildi: 17:05 26.04.2024. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!