AQSh va Isroil harbiy operasiya boshlaganidan beri Eronda 1300 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.
Bu haqda Islom Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani jurnalistlarga ma’lum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Amerika va Isroil kuchlari "qasddan aholi zich joylashgan hududlar va muhim infratuzilmani nishonga olmoqda".
"Bugungi kunga qadar ularning dahshatli jinoyatlari 1300 dan ortiq tinch aholining o‘limiga olib keldi", deb ta’kidladi Eronning BMTdagi doimiy vakili.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Tehron kabi Eronning yirik shaharlari nishonga olindi. Oq uy hujumni Tehrondan kelayotgan raketa va yadroviy tahdidlarni keltirib o‘tib oqladi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroildagi nishonlarga hujum qilib, keng ko‘lamli qasos operasiyasini e’lon qildi. Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistonidagi AQSh nishonlariga ham zarba berildi. Eronga qilingan zarbalar Oliy Rahbar Oyatulloh Ali Xomeney va Islom Respublikasi rahbariyatidagi boshqa bir qancha muhim shaxslarni o‘ldirdi.