Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Eronda 10 ming nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi

Eronda 10 ming nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalindi

Eronda shu paytgacha 10 ming nafar tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallandi, deya xabar berdi ILNA axborot agentligi.

“Eronda 10 mingga yaqin tibbiyot xodimi ushbu o‘lim virusi bilan kasallandi va ularning bir qanchasi vafot etdi” deydi Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Qosim Janbabay.

Eron Yaqin sharqdagi virus eng ko‘p tarqalgan davlatlardan biri bo‘lib turibdi. 

Eronda 129 ming nafar kasallangan odam orasida 100 ming nafari COVID-19’dan tuzaldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Kianush Jahonpur xabar qilgan.,

«Oxirgi bir sutka ichida Eronda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning soni 100 minglik dovondan o‘tdi va 19 fevraldan beri jami 100 564 kishi COVID-19’dan sog‘aygan», — degan Jahonpur IRINN telekanali efirida.

Ayni paytda 20958 kishi kasalxonarda davolanmoqda. Ammo, Eronda pandemiyaning cho‘qqiga chiqish davri o‘tib bo‘ldi. Ayni paytda bu mamlakatda karantin cheklovlari ancha yumshatilgan.

Kiritildi: 09:47 22.05.2020. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!