Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Eron Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy keskinlikni kuchaytirishga intilgani yo‘q — Kanoniy

Eron Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy keskinlikni kuchaytirishga intilgani yo‘q — Kanoniy

Eron tomoni Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy keskinlikni kuchaytirishga intilmayapti, biroq respublikaning qizil chiziqlari kesib o‘tilsa, qattiqroq javob beradi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanoniy haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Eron mintaqadagi keskinlikni kuchaytirishga intilmayapti va BMT Nizomi va xalqaro huquq tamoyillari va maqsadlariga sodiqligini tasdiqlagan holda Eron har qanday darajada Isroilning Eronning qizil chizig‘ini kesib o‘tuvchi barcha harakatlariga nisbatan kuchliroq choralar ko‘radi”, — dedi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni Eron Isroilga raketa va dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Harbiy nishonlarga, xususan, Negev cho‘lidagi aviabazaga hujum qilindi. Umuman olganda, Isroilga 185 ta dron, 36 ta qanotli raketa va 110 ta “er-er” ballistik raketalari uchirildi.

Kiritildi: 22:24 15.04.2024. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!