Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron va Saudiya tashqi ishlar vazirlari G‘azo inqirozini muhokama qildi

A A A
Eron va Saudiya tashqi ishlar vazirlari G‘azo inqirozini muhokama qildi

“IRNA” xabariga ko‘ra, Eron va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari Husayn Amir Abdullohiyon va Faysal bin Farhon Ol Saud telefon orqali suhbatda sionistik rejim G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi amalga oshirayotgan dahshatli jinoyatlarni bartaraf etish uchun Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish rejasini muhokama qildi.

Tomonlar falastinliklarga nisbatan vahshiylikni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ma’qullashdi.

Eronning diplomatik sa’y-harakati, jumladan IHT Bosh kotibi bilan yaqinda o‘tkazilgan muzokaraga ishora qilgan Amir Abdullohiyon G‘azo inqirozini hal qilish uchun tuzilma tarkibidagi mamlakatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazish g‘oyasini taklif qilganini bildirdi.

Saudiya yuqori martabali diplomati mazkur taklifni olqishladi.

Uchrashuv yakunida bu masalani boshqa hamkasblar bilan maslahatlashib olishga kelishildi.

Kiritildi: 21:47 17.02.2024. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!