Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) Ummon ko‘rfazidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita esminesiga dron va raketalar bilan zarba berilgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xabarda aytilishicha, DDG-103 va DDG-87 raqamli esmineslar nishonga olingan. Zarbalar “Qadr” ballistik raketalari va “Shahed DanaiYE” dronlari yordamida amalga oshirilgan.
Eron tomoni bu harakatni “ogohlantiruvchi zarbalar” deb atadi va ushbu hodisadan so‘ng AQSh kemalari Hind okeaniga chekinganini bildirdi.