Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Trampni sudga berishni rejalashtirmoqda

A A A
Eron Trampni sudga berishni rejalashtirmoqda

Tehron general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruq bergan AQSh prezidenti Donald Trampni sudga bermoqchi. Bu haqda Eron oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Tramp xalqaro maydonda sudlanishi lozim.  

“Qonunbuzarlik ta’qib qilinadi. Biz AQSh prezidentini bosh ayblanuvchi sifatida chaqirishimiz lozim. Biz buni shunday qoldirmaymiz, u xalqaro maydonda sudlanishi kerak”, deb aytgan Raisiy.

Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti yaqinida o‘ldirilgandi. Sulaymoniyni o‘ldirishga buyruqni Donald Tramp bergan.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 20:15 13.01.2020. O'qildi: 2643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik