Bugun 18 iyul, 2026 yil, shanba

КИР

Eron TIV AQShni harbiy jinoyatlarda aybladi

Eron TIV AQShni harbiy jinoyatlarda aybladi

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShning respublika hududiga bergan yangi zarbalaridan so‘ng Vashingtonni harbiy jinoyatlarda aybladi.

Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

«Tashqi ishlar vazirligi payshanba kuni ertalab AQSh terrorchi armiyasi tomonidan mamlakatning janubiy qirg‘oq viloyatlaridagi bir nechta punktlarga va sharqiy viloyatlarda muqaddas Mashhad shahriga olib boruvchi temir yo‘ldagi ikkita ko‘prikka qilingan tajovuzkor hujumlarni keskin qoralaydi. Bu, shubhasiz, qo‘pol harbiy jinoyat hisoblanadi», — deyiladi bayonotda.

Vazirlik qayd etishicha, «AQShning so‘nggi 48 soat ichida Eron Islom Respublikasiga qarshi sodir etgan jinoiy harakatlari» AQSh va Eron o‘rtasidagi memorandumning buzilishi, shuningdek, xalqaro huquq normalariga zid hisoblanadi.

Kiritildi: 14:17 09.07.2026. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!