Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eron tashqi ishlar vaziri: Tehron G‘azo va Livanda doimiy va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlaydi

Eron tashqi ishlar vaziri: Tehron G‘azo va Livanda doimiy va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlaydi

Mintaqada mojaroning tarqalishi jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Eron tinchlik tarafdori, lekin har qanday ssenariyga tayyor. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Isroil hujumlari bilan mintaqaga o‘t qo‘yishga harakat qilayotganini qayd etdi.

«Isroil rejimi o‘zi sodir etgan harbiy jinoyatlarda chegara bilmaydi. Biz G‘azo sektori va Livanda doimiy va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi u.

Bundan tashqari, Eron tashqi ishlar vaziri Turkiyaning Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash borasidagi yondashuvidan hayratda ekanligini bildirdi.

Turkiyaning Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash va Isroil jinoyatlariga qarshi turishdagi pozisiyasi hayratga loyiq, deya ta’kidladi u.

Kiritildi: 15:48 19.10.2024. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!