Eron “yadroviy bitim” tuzilgan taqdirda neft bozorida Rossiya bilan raqobatlashish niyatida emas.
Venadagi Eron muzokarachilar delegasiyasi maslahatchisi Muhammad Marandining aytishicha, uning mamlakati azaldan o‘zining doimiy neft xaridorlariga ega.
“Agar JCPOA shunga qaramay imzolangan bo‘lsa, ishlab chiqarish quvvati va sotish hajmi biroz oshishi mumkin. Ammo Tehron neft bozorida Moskva bilan raqobatlashmoqchi emas”, - dedi Marandi.