Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Quvaytdagi Amerika harbiy bazasiga zarba berdi

Eron Quvaytdagi Amerika harbiy bazasiga zarba berdi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) zarbador dronlari bugun ertalab Quvaytdagi Ali as-Salem Amerika harbiy bazasida joylashgan Patriot havo mudofaa tizimlari, shuningdek, dronlar va raketalarni uchirish moslamalariga hujum qilgan.

Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, bu haqda armiya matbuot xizmati bayonotida ma’lum qilingan.

Avvalroq Quvayt armiyasi ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida mamlakat havo mudofaa kuchlari dushman dronlarining keng ko‘lamli hujumini qaytarishga harakat qilayotganini ma’lum qilgan edi.

«Quruqlikdagi qo‘shinlar Bosh shtabi shuni ta’kidlaydiki, eshitilayotgan har qanday portlash ovozlari dushman hujumlarining havo mudofaa tizimlari tomonidan qaytarilishi natijasidir», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 11:10 18.11.2026. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik