Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eron portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi

Eron portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi

Eronning Xormuzg‘on viloyatidagi Shahid Rajaiy portida yuzlab konteynerlar ortilgan savdo kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda İRNA axborot agentligiga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kema shvartovka qilish (bog‘lab qo‘yish) vaqtida to‘ntarilib cho‘ka boshlagan.

Mehr nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 90 metrlik kemaga mineral va sanoat tovarlari, jumladan kaliy xlorid, kalsiy karbonat, mis konsentrati yuklangan 153 ta konteyner ortilgan bo‘lgan.

Voqea oqibatida ekipajning 14 a’zosidan 3 nafari jarohat olgan.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 23:15 23.03.2019. O'qildi: 1649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!