Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Eron hududidan Ozarboyjonga dronlar uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Eron Islom Respublikasi barcha davlatlarning, xususan, qo‘shni va musulmon mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilgan holda, Ozarboyjon Respublikasiga qarshi dron uchirilganini rad etadi", deyiladi bayonotda.
Eron Bosh shtabiga ko‘ra, ushbu harakat aslida Isroil rejimi tomonidan Eronni ayblash hamda musulmon davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzish maqsadida amalga oshirilgan.