Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron muzokaralarni "mojaro oldidan tanaffus" deb baholamoqda

Eron muzokaralarni "mojaro oldidan tanaffus" deb baholamoqda

Eron AQSh va Isroil bilan mojaro qayta boshlanishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal rasmiylar va razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, Tehronda hozirgi muzokaralar faqat "mojaro oldidan qisqa tanaffus" bo‘lishi mumkin, degan qarash mavjud. Eron tomoni tuzilgan memorandumni esa AQSh va Isroilning global iqtisodiyotga bosimni kamaytirish hamda kelajakda yanada keng ko‘lamli keskinlashuvga tayyorlanish uchun vaqt yutishga qaratilgan ehtimoliy urinishi sifatida baholamoqda.

Nashrning qayd etishicha, so‘nggi ikki oy davomida Tehron Islom inqilobi soqchilari korpusining mamlakat muntazam armiyasiga ta’sirini kuchaytirgan. Shuningdek, Eron–Iroq urushi faxriylari muhim lavozimlarga tayinlangan.

Bundan tashqari, mamlakat ichida kontrrazvedka operasiyalari ko‘lami ham kengaytirilgan. WSJ bu choralarni Eronning ehtimoliy yangi harbiy qarama-qarshilikka tayyorgarligi bilan bog‘lamoqda.

Kiritildi: Bugun 11:09. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!