Eron armiyasi Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berishi mumkin.
Bu haqda Eronning "Xatam al-Anbiya" harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi xabar berdi.
Harbiylar AQSh harbiylari uchta Eron neft tankerlariga zarba berish bilan tahdid qilganini eslatdilar.
"Eron kemalariga har qanday hujum bo‘lgan taqdirda, amerikaliklar javob o‘qlariga duch kelishadi. Islom Respublikasi qurolli kuchlari mintaqadagi AQSh bazalari va manfaatlariga qarshi qattiq zarbalar beradi", deyiladi bayonotda.