Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Bahraynda joylashgan Amazon Web Services bulutli hisoblash markaziga zarba berganini e’lon qildi.
Bayonotga ko‘ra, bu hujum “dushmanga birinchi amaliy ogohlantirish” sifatida baholangan.
KSIR ta’kidlashicha, agar ogohlantirishlar inobatga olinmasa, hududdagi boshqa kompaniyalarga nisbatan yanada qattiq choralar ko‘riladi. Shuningdek, mas’uliyat AQSh rahbariyati zimmasiga yuklatilgan.
Bundan tashqari, korpus Al-Had sanoat shahriga ham raketa zarbalari berganini ma’lum qildi. Ushbu hudud mamlakatning asosiy metallurgiya va sanoat markazlaridan biri hisoblanadi.
Ma’lum qilinishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro boshlanganidan beri Amazon Web Services data-markazlari bir necha bor hujumga uchragan.