Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron hujumidan so‘ng Isroilda besh nafar ukrainaliklar vafot etdi

Eron hujumidan so‘ng Isroilda besh nafar ukrainaliklar vafot etdi

Eron qurolli kuchlarining Isroilga bergan raketa zarbasi oqibatida besh nafar ukrainalik, jumladan, uch nafar bola halok bo‘ldi.

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

"Ukrainaning Isroildagi elchixonasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 14 iyun kuni Eronning Isroilga bergan yirik raketa zarbasi va raketaning Bat-Yamdagi turar-joy binosiga tushishi natijasida besh nafar Ukraina fuqarosi, jumladan, uch nafar voyaga yetmaganlar halok bo‘lgan”, — deya xabar qildi TIV xabarida.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda: “Ukraina diplomatlari va konsullari marhumlarning shaxsini aniqlash va jasadlarni vataniga qaytarish tartibini tashkil qilish uchun Isroil polisiyasi va boshqa xizmatlar bilan yaqin aloqada”.

Kiritildi: 06:31 16.06.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!