Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi

Eron havo hududini yana 9 soatga yopdi

Eron hukumati havo qatnovini yana to‘xtatdi. Butun mamlakat bo‘ylab parvozlar 6 oktyabr, yakshanba kuni soat 21.00 dan (Toshkent vaqti bilan 22.30) bekor qilindi. Taqiq 7 oktyabr kuni ertalab soat 6.00 (Toshkent vaqti bilan 7.30)gacha amal qiladi, deb xabar bermoqda Eronning Mehr va Isna agentliklari fuqaro aviasiyasi idorasi vakiliga tayanib.

Bu choraga sabab sifatida «operativ cheklovlar» keltirilmoqda. Qo‘shimcha tushuntirish berilmagan.

Tehron 2 oktyabr kuni Isroilga hujumidan keyin ham xuddi shunday choralar ko‘rgan edi. Eron ustidagi havo hududi 48 soatga yopildi. Bundan tashqari, taqiq olib tashlanganidan keyin ham Tehronga va undan xalqaro reyslar amalga oshirilmadi.

Kiritildi: Bugun 10:55. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!