Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron g‘arbida PJAK guruhining 11 a’zosi qo‘lga olindi

Eron g‘arbida PJAK guruhining 11 a’zosi qo‘lga olindi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQQ, KSIR) mamlakatning g‘arbida joylashgan Kermanshoh viloyatida PJAK guruhining 11 nafar a’zosini hibsga oldi. Bu haqda Mehr axborot agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu guruh Eron hududida faoliyat yurituvchi va terroristik tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi (RKK)ning mahalliy yacheykasi hisoblanadi. Hibsga olish maxsus xavfsizlik amaliyoti davomida amalga oshirilgan.

Ayni paytda operasiyaning tafsilotlari, qo‘lga olingan shaxslarning rejalari yoki ularning ehtimoliy jinoiy faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Rasmiylar tergov harakatlari davom etayotganini bildirish bilan cheklangan.

Kiritildi: 20:53 07.02.2026. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!